Hamd bayrog’ini ko’taruvchi zot

219

        Ibn Abbos (r a ) dan rivoyat qilinadi . Albatta u zot kunlardan bir kun sahobalar bilan zikr qilib o’tirardilar . Ularning so’zlarini Nabiy ( s a v ) eshitdilar . Ularning ba’zilar aytdilar ; << Ajabo, Albatta Alloh taolo Ibrohim (a s ) ni xalil (do’st ) qilib oldi >>,  Boshqa sahoba aytdi . Muso(a s )ning kalomidan ajabliroq narsa bormi , Alloh unga so’zladi >> , Va yana boshqa sahoba aytdi ; << Iso (a s ) Allohning kalimasi va ruhidir >> ,  Boshqa sahoba aytdi << Odam ( a s ) Alloh uni tanlab oldi >>, Payg’ambarimiz Muhammad (s a v ) chiqdilar va aytdilar ; << So’zlaringiz va ajablanganliklaringizni eshitdim  albatta Ibrohim ( a s ) Allohning do’stidir , xuddi shunday , va Muso(a s ) Allohning suhbatdoshidir , xuddi shunday , va Iso( a s) Allohning ruhi va kalimasidir , xuddi shunday ,va Odam( a s ) Alloh uni tanlab oldi , xuddi shunday, ogoh bo’linglar men Allohning habibiman , bunda faxrlanish yo’q . Men qiyomat kunida hamd bayrog’ini ko’taruvchiman , bunda ham faxrlanish yo’q , va birinchi bo’lib jannat eshigining halqasini harakatlantiraman , natijada jannat men uchun ochiladi va unga ummatimning faqirlari bilan birga kiraman , men avvalgi va oxirgilarning hurmatlirog’iman , bunda ham faxrlanish yo’q . Odam va undan boshqalar qiyomat kunida mening  bayrog’im ostida to’planishadi . Men insonlarning qayta tiriltirilishda birinchi tiriladiganiman , va men ular to’planganda ularning yo’lboshchisiman , va ular jim turganda ularning xatibiman , agar ular hibs qilinsa men ularga shafoat qiluvchiman , agar noumid bo’lsalar bashorat beruvchiman , saxovat va kalitlar mening  qo’limdadir . Men robbimga odam bolalarining eng hurmatlisiman , mana shu narsalarda faxrlanish yo’q >> dedilar .

                                                Ko’kaldosh o’rta maxsus islom bilim yurti

                                                4- kurs talabasi Yusupov Olloyor